Rossiyalik futbol mutaxassisi Stanislav Cherchesov milliy terma jamoa bosh murabbiyi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Ilgarigi murabbiy — Leonid Slutskiy terma jamoa 2016-yilgi Yevropa chempionatida muvaffaqiyatsiz ishtirok etgani bois iyun oyining oxirida lavozimidan rasman ozod etilgan edi. Uning o‘rnini, Cherchesov qatorida, “Rostov” rahbari Qurbon Berdiyev ham egallashi mumkinligi aytilayotgandi.
“Dinamo”ning sobiq bosh murabbiyi Cherchesov va Rossiya futbol ittifoqi o‘rtasidagi yakuniy muzokaralar WADA mustaqil komissiyasining Sochi Olimpiadasidagi doping qallobliklari yuzasidan Torontodagi matbuot anjumani arafasida bo‘lib o‘tdi.
Cherchesov bilan shartnoma 23-iyul kuni imzolanishi kutilmoqda.
Izoh (0)