Armaniston poytaxti Yerevan janubidagi Erebuni tumanida joylashgan politsiya patrul-post xizmati polkini qo‘lga olingan qurolli muxolifat guruhining qo‘lida sakkiz kishi bor. Ular yetti nafar politsiyachi va bir generalni garovda tutib turibdi, deb xabar beradi “RBK”.
Garovdagilar orasida Armaniston politsiyasi boshlig‘i o‘rinbosari general-mayor Vardan Yegiazaryan borligini jurnalistlarga parlament deputati Nikol Pashinyan ma’lum qildi.
Shuningdek, garovdagilar orasida Yerevan politsiyasi boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Valeriy Osipyan bor. Hujum uyushtirganlardan biri — Pavel Manukyanning aytishicha, bir politsiyachi o‘ldirilgan. Mamlakat MXX ham birinchi qurbon borligini tasdiqladi. Yana ikki kishi hujum paytida jarohatlangani ma’lum. Shu bilan birga, maxsus operatsiya davomida ikki politsiya xodimi ozod qilindi.Nikol Pashinyan isyonchilar ilgari surgan talablarni tasdiqladi — o‘z safdoshlari Jirayr Sefilyanning ozod qilinishi hamda hukumatning iste’foga chiqishi.
Izoh (0)