Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentdagi Respublika Olimpiya zaxiralari tennis maktabida norasmiy jahon chempionati hisoblangan Devis Kubogi doirasidagi O‘zbekiston hamda Xitoy terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvlar yakunlandi, deb xabar beradi Olamsport.

Farrux Do‘stov. Foto: O‘zA

Farrux Do‘stov. Foto: O‘zA

Musobaqaning uchinchi kunidan o‘rin olgan so‘nggi beshinchi uchrashuv o‘z yakuniga yetdi. Unda O‘zbekistonning ikkinchi raketkasi Farrux Do‘stov muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi: xitoylik Di Vuga qarshi kortga chiqqan Do‘stov raqibini 7:6, 6:3, 7:6 hisobida dog‘da qoldirdi. Bu bilan u O‘zbekiston terma jamoasining umumiy 3:2 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi. Bundan avvalgi uchrashuvda mamlakatning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin kutilmaganda Ze Jangga 6:3, 5:7, 6:2, 1:6, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.

Ushbu g‘alaba O‘zbekiston terma jamoasini Jahon ligasiga o‘tish uchun o‘tkaziladigan pley-off uchrashuviga olib chiqdi. Tez orada terma jamoaning bo‘lajak raqibi qur’a tashlash yo‘li bilan aniqlanadi. O‘zbekistonlik tennischilar to‘qqizinchi marotaba jahon ligasiga chiqish uchun urinib ko‘radi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda sportchi erkak xotini va bolasini ayovsiz kaltaklagani aytildi
Shou-biznes
“U nafaqat guruhdan, balki san’atdan ham ketdi”. “VIA Marokand” xonandasi Asal Zokirova guruhni tark etdi (video)
Biznes
Markaziy Osiyoda Rossiyaning ko‘chmas mulk bozoriga qiziqish ortib bormoqda