Nitssada Bastiliya qulashining 227 yilligi nishonlanayotgan chog‘da odamlar ustiga yuk mashinasini haydab, ko‘plab insonlarning umriga zomin bo‘lgan terrorchi Muhammad Buxlel hujum arafasida oila a’zolariga o‘z selfisini hamda 100 ming yevro pul yo‘llagani aniqlandi. Bu haqda, The Daily Mirror nashriga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Buni terrorchining 19 yoshli ukasi Jobir ma’lum qildi.
Boshqa oila a’zolari ham o‘sha kuni Buxlel do‘stlari bilan dam olayotgan kurortdan surat yuborganini tasdiqladi. Nitssadagi voqealar haqida eshitgach, ular kechki soat 2:00 ga qadar Buxlelga xabarlar yo‘llab, uning ahvolidan xabar olmoqchi bo‘lgan.
Izoh (0)