Armaniston poytaxti Yerevan janubidagi Erebuni tumanida joylashgan politsiya patrul-post xizmati polkini garovga olgan qurolli shaxslar mamlakat milliy xavfsizlik kuchlari tomonidan terrorchi deb ataldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Davlat organlari vakillari o‘tkazilayotgan muzokaralar davomida terrorchilarni keyingi harakatlardan voz kechib, tutqunlarni ozod etishga, qurolni topshirishga va rasmiylarga qarshiliksiz taslim bo‘lishga chaqirmoqda”, — deyiladi MXX matbuot markazi tarqatgan bayonotda.
Ta’kidlanishicha, voqea joyiga olib kelingan bo‘linmalar jangovar shaylik holatida turibdi.
Izoh (0)