“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining Istanbul—Toshkent reysi (HY274) Turkiyadagi hodisalar munosabati bilan to‘xtatib qo‘yildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.
Samolyot jadvalga muvofiq Istanbuldan juma, 15-iyul kuni mahalliy vaqt bo‘yicha 22:45 da Istanbuldan uchib chiqib, O‘zbekiston poytaxtiga shanba, 16-iyul kuni 5:20 da yetib kelishi kerak edi.
Toshkent aeroporti nashrga reysning amalga oshirilish vaqti hozircha noma’lum ekanligini xabar qilgan.
Turkish Airlines aviakompaniyasining Istanbuldan Toshkentga bo‘lgan juma kungi reysi (TK368, uchish vaqti jadval bo‘yicha 23:45) bekor qilingan.
Istanbuldagi Otaturk xalqaro aeroporti Turkiyada harbiy to‘ntarishga urinish tufayli kechasi yopilgan edi. Tongda havo kemasi Londondan birinchi reysni qabul qildi.
Izoh (0)