Rossiya futbol ittifoqi nizolarni hal qilish palatasi “Rostov” klubiga eronlik hujumchi Sardor Azmunni ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat bermadi. Bu haqda, Biznes Online nashriga asoslanib, “Stadion.uz” xabar bermoqda.
Eronlik futbolchi 2012-yildan boshlab “Rubin” klubida to‘p surishni boshlagan va 27 uchrashuvda 5 ta gol urgan edi. O‘tgan ikki mavsumda “Rostov”da ijarada o‘ynab, 36 uchrashuvda 13 ta gol urgandi.
Avvalroq Azmun Qozon klubini o‘zboshimchalik bilan tark etgan va “Rostov” safida nazorat uchrashuvida ishtirok etgan edi.
Izoh (0)