Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Oltintepa” jome’ masjidining yangi binosi 2016-yil 1-fevraldagi Toshkent shahar hokimligining qaroriga asosan “Avayxon” ko‘chasida ajratilgan yer maydonida shaharsozlik me’yorlari va qoidalariga muvofiq qurilish ishlari boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan bunyod etilayotgan ushbu masjid uchun tayyorlangan loyihaga ko‘ra, uning hashamatli, namozxonlar uchun juda qulay va shinam bo‘lishiga alohida e’tibor qaratilgan.
Ta’kidlash joizki, qurilish ishlariga eng mohir usta va muhandislar jalb etilgan.
Izoh (0)