Amerikaning Michigan shtati Berrien okrugi sudida sudlanuvchi Larri Darnell Gordon sherif yordamchisining to‘pponchasini olib qo‘ydi va sud ijrochilariga qarata o‘t ochdi. Bu haqda, CNN ma’lumotiga tayanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.
Otishma oqibatida 60 va 61 yoshli ikki nafar sud ijrochisi halok bo‘ldi va sherif yordamchisi yaralandi. Hodisa 11-iyul, dushanba kuni jamoatchilik vakillarining kirishi taqiqlangan xonada yuz berdi. Gordon ijrochilarga qarata o‘t ochgandan so‘ng sud binosidagilarni garovga olishga urindi, yo‘lakka yugurib chiqib, bir nafar ayolga jarohat yetkazdi. Shundan so‘ng qochishga uringan mahbus boshqa sud ijrochilari tomonidan otib o‘ldirildi.
Yaralangan sherif yordamchisi shifoxonaga yetkazildi. Jarrohlik amaliyotidan so‘ng uning hayoti xavf ostida emas.
Gordon bir nechta og‘ir jinoyatni sodir etishda ayblanib, hibsga olingan edi.
Izoh (0)