AQShning Merilend shtati Baltimor shahrida noma’lum shaxs zo‘ravonlikka qarshi namoyish ishtirokchilarini o‘qqa tutdi, deya xabar bermoqda “TASS” Baltimor politsiya boshqarmasiga tayanib. Natijada besh kishi yaralandi. Jarohatlar ularning hayotiga xavf solmayotgani aytilmoqda.
Namoyishda taxminan 20—30 kishi qatnashgan. O‘q uzishdan ko‘zlangan maqsad ham, gumonlanuvchilar ham aniqlanganicha yo‘q.
Namoyish 10-iyul, yakshanba kuni Baltimorda 24 yoshli mahalliy qora tanli fuqaro o‘ldirilishi munosabati bilan o‘tkazildi. Uni marhumning qarindosh va yaqinlari uyushtirdi.
Izoh (0)