Portugaliya terma jamoasi o‘z tarixida birinchi bor Yevropa Chempionligini qo‘lga kiritgan Yevro—2016 musobaqasining final uchrashuvini Krishtianu Ronaldu oxiriga qadar davom ettira olmadi.
Bellashuvning 24-daqiqasiga kelib Ronaldu o‘zini almashtirishlarini so‘radi. Bundan avvalroq esa fransiyalik futbolchi Dimitri Payet unga nisbatan qo‘pol harakat qilib, Krishtianuga jarohat yetkazgandi.
Mazkur voqeadan ko‘p o‘tmay “Daryo” Dimitri Payet raqibiga qasddan jarohat yetkazganmidi yoki yo‘qligi masalasida o‘quvchilar fikrini aniqlash uchun so‘rovnoma e’lon qildi. Unda ishtirok etganlarning 71 foizi Dimitri Payet Ronalduni ataylab jarohatlagan deb hisoblashi ma’lum bo‘ldi.
Payetning hatti-harakatini futbolning bir qismi sifatida baholab, unda Krishtianuga jarohat yetkazish fikri bo‘lmagandi deb hisoblovchilar 29 foizni tashkil qildi.
Izoh (0)