BMT bosh kotibi Pan Gi Mun KXDRning navbatdagi raketa uchirishidan tashvishda ekanligini va barcha tomonlar Koreya yarim orolini yadroviy qurolsizlantirish yo‘nalishida ish olib borishiga umid qilishini ma’lum qildi. Bu haqda 9-iyul, shanba kuni bosh kotib rasmiy vakilining o‘rinbosari Farxan Xak ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“Bosh kotib avvalgi raketa uchirishlardagi kabi yana tashvishlanmoqda. U barcha tomonlar Koreya yarim orolini yadroviy qurolsizlantirish yo‘nalishida ish olib borishiga umid qilishda davom etmoqda”, — dedi u.
Avvalroq Koreya Respublikasi Shtablar rahbarlari qo‘mitasi KXDR Yapon dengizi akvatoriyasida suv osti kemasidan ballistik raketa uchirganligini ma’lum qilgan edi. Qo‘mitaning ma’lum qilishicha, sinov muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Raketa parvozi dastlabki bosqichdayoq muvaffaqiyatsiz kechgan.
Izoh (0)