Janubiy Sudanning Juba shahrida 8-iyul, juma kuni kechqurun mamlakat prezidentiga sodiq harbiylar va sobiq isyonchilar o‘rtasida yuzaga kelgan to‘qnashuvlar oqibatida 150 dan ortiq odam halok bo‘ldi. Bu haqda 9-iyul, shanba kuni isyonchilarning sobiq yetakchisi Riyek Masharning rasmiy vakili Roman Niyarji AFP agentligiga ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Qurbon bo‘lganlarning soni 150 kishidan oshdi”, — dedi u.
Avvalroq Reuters agentligi 115 kishining halok bo‘lganligini ma’lum qilgan edi.
Agentlik ma’lumotlariga qaraganda, to‘qnashuvlar mamlakat prezidenti Salva Kiir va Mashar o‘rtasida prezident qarorgohida bo‘lib o‘tayotgan muzokaralar davomida yuzaga kelgan. Har ikkala siyosatchi mojaroni keltirib chiqargan sabablardan xabardor emasligini ma’lum qildi va tarafdorlarini tinchlanishga chaqirdi.
Izoh (0)