Fransiyaning futbol bo‘yicha terma jamoasi Yevropa chempionati finalining favoriti deb hisoblanmoqda. Buni William Hill bukmekerlik kontorasining 10-iyul, yakshanba kungi kotirovkalari ko‘rsatmoqda, deb xabar beradi “Interfaks”.
Fransiyaliklarning g‘alabasi koeffitsiyenti 2,10, portugaliyaliklar g‘alabasi koeffitsiyenti esa 4,50 ni tashkil etmoqda. Durang koeffitsiyenti — 2,87.
Portugaliya va Fransiya terma jamoalari o‘rtasidagi Yevro–2016 final bahsi Sen-Denidagi “Stad de Frans” stadionida, 10-iyul, Toshkent vaqti bilan 23:59 da boshlanadi.
Izoh (0)