Delta aviakompaniyasiga tegishli, Minneapolisdan bortida 130 yo‘lovchi bilan parvozga chiqqan Airbus A320 layneri adashib Janubiy Dakota shtatidagi (AQSh) harbiy bazaga qo‘ndi. Bu haqda, The Guardian nashriga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Voqea AQSh harbiy-havo kuchlarining Elsuort bazasida sodir bo‘ldi. Aslida samolyot bazadan 16 kilometr naridagi Rapid Siti aeroportida qo‘nishi lozim edi.
Aviabazada qo‘ngan laynerning yo‘lovchilari bortdan chiqarilmadi, ulardan illyuminatorlar to‘siqchalarini yopish so‘raldi, shundan so‘ng harbiylar salonni itlar bilan tekshirdi.
Izoh (0)