Xitoyning Futszyan provinsiyasi ma’muriyati “Nepartak” tayfuni yaqinlashishi tufayli 230 ming kishini evakuatsiya qildi. Asosan tayfun tufayli ko‘chki va toshqinlar yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfli hududlarda istiqomat qiluvchilar ko‘chirildi, deb xabar beradi TJournal.
XXR temir yo‘llari ma’muriyati 341 poyezdning Futszyan provinsiyasiga qatnovini to‘xtatdi, mahalliy aeroportlarda 400 dan ortiq aviareys bekor qilindi. Kemalarga portga qaytish ko‘rsatmasi berildi.
Bir muddat ilgari “Nepartak” Tayvanning shimoli-sharqiy sohiliga yopirilgan edi. Buning oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, 70 kishi jarohatlandi.
Izoh (0)