1956–1975-yillarda bo‘lib o‘tgan Vyetnam urushi vaqtida Amerika bombalaridan qochgan vyetnamlik ota va bola Kuangngay provinsiyasidagi o‘rmonlardan birida 40 yildan ortiq yashadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Zan Vyet” nashrining ma’lum qilishicha, yovvoyi tabiatga o‘rganib qolgan Xo Van Txan va uning o‘g‘li Xo Van Lang zamonaviy hayotga qaytib, moslashish davrini o‘tkazmoqda.
Ota va bolaning iziga ularning qarindoshi tushdi va sivilizatsiyaga qaytishga ko‘ndirdi. 80 yoshdan oshgan otaga tibbiy yordam kerak bo‘lgani uchun ular o‘rmonga yaqin bo‘lgan qishloqlardan biriga joylashdi. 40 yil davomida ular sog‘lig‘idan deyarli shikoyat qilmagan.
50 yoshga to‘layotgan o‘g‘il zamonaviy hayotga ko‘nikib bormoqda. U katta bo‘lmagan yer hududiga ishlov berib, oila qurishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)