Samarada Polsha va Ukrainadan keltirilgan 46 tonnadan ortiq gilos va olma musodara etilib, yo‘q qilindi. Bu haqda “Rosselxoznadzor”ning Samara viloyati bo‘yicha boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar berdi “TASS”.
“Samara bojxonasi va ‘Rosselxoznadzor’ boshqarmasi xodimlari kuni kecha Samara oziq-ovqat bazasida Ukrainadan keltirilgan 7,7 tonnadan ortiq gilosning yirik partiyasini sotish holatini aniqladi. Baza yaqinida post tashkil etilishi natijasida Rossiyaga kiritish taqiqlangan mahsulot bilan yana ikkita yuk mashinasi qo‘lga olindi”, — deyiladi matbuot xizmat xabarida.Oziq-ovqat bazasiga yo‘l olgan ikkita yuk mashinasida Polshadan keltirilayotgan 19,5 tonna olma va 19 tonna gilos bo‘lgan. Musodara etilgan mevalar buldozer yordamida yo‘q qilingan.
Izoh (0)