Futbol bo‘yicha Italiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Marko Materatssi Fransiyaga qarshi (1:1, penaltilar seriyasi – 5:3) JCh–2006 final bahsida Zinedin Zidan bilan bo‘lib o‘tgan mojaro haqida so‘zlab berdi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.
O‘sha o‘yinda Zidan Materatssining so‘zlariga javoban uning ko‘kragiga boshi bilan zarba bergandi. Natijada fransiyalik futbolchi qizil kartochka olib, maydonni tark etgan edi.
“Men ahmoqona gap aytgan edim, lekin bunday javobga loyiq emasdim. Ishoning, Neapol, Milan, Rim yoki Parij ko‘chalarida bundanda yomonroq gaplarni eshitamiz. Onani haqoratlash? 15 yoshligimda onam vafot etgan va men boshqa kimsaning onasini hech qachon haqorat qilmayman. Men uning singlisi haqida gapirgandim. Hozir buning ahamiyati yo‘q. Men hech kimdan xafa emasman”, – dedi Materatssi.
Izoh (0)