Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi mamlakatning amaldagi chempioni “Olmaliq” klubiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushib, 4:8 hisobida yengildi.
O‘zbekiston futzal terma jamoasi shu yilning 10-sentabr kuni start oladigan Jahon Chempionatida Portugaliya, Panama va mezbon Kolumbiya bilan bir guruhdan joy olgan. “Olmaliq” klubi esa 15-iyul sanasidan boshlanadigan Bankokdagi klublar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatida O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.
O‘zbekiston Futzal Assotsiatsiyasi xabariga ko‘ra, “Olmaliq”ga qarshi o‘yinda O‘zbekiston milliy terma jamoasiga Shuhrat Tojiboyev, Xurshid Umaraliyev, Konstantin Sviridov, Andrey Shlyoma kabi yetakchi futbolchilar jarohat sabab yordam bera olmagan.
Mundialga hozirlik ko‘rayotgan O‘zbekiston terma jamoasi 12, 13 va 14-iyul kunlari Toshkentda Tojikiston termasiga qarshi 3 ta o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etadi.
Izoh (0)