Belgiyadagi eng keksa aka-uka egizaklar 8-iyul, juma kuni 103-tavallud kunlarini nishonladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Piter va Paulus Langerok hayotlarining aksariyat qismini birga o‘tkazdi. Ularning ikkovi ham uylanmadi va ba’zida farzandlari, nabiralari bo‘lmaganidan afsuslanadi. Egizaklar ilgari sudda ishlagan, hozir ikkovi ham Belgiyaning Gent shahri yaqinidagi qariyalar uyida istiqomat qiladi. Bir-birlarini eng yaxshi do‘st deb hisoblaydi.
Langeroklar birgalikda 105 yil umr ko‘rgan amerikalik aka-uka egizaklar Glen va Deyl Moyerga tegishli dunyo rekordini yangilashlariga ikki yil qoldi.
Izoh (0)