Xitoy Koreya Respublikasida Amerikaning THAAD raketaga qarshi mudofaa majmualarining joylashtirilishiga qarshi qat’iy e’tiroz bildirmoqda. Bu haqda XXR Tashqi ishlar vazirligining bayonotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Xitoy bu masalada kuchli norozilik va qat’iy e’tiroz bildiradi”, — deyiladi xabarda. “Amerikaning THAAD majmualarining Janubiy Koreyada joylashtirilishi yarim orolda yadrodan xoli hudud yaratish hamda tinchlik va barqarorlikni himoya qilishga yordam bermaydi. Bu hududdagi mamlakatlar, jumladan, Xitoyning strategik manfaatlariga jiddiy zarar yetkazadi”, — deb ta’kidladi boshqarma.
“Xitoy tomoni AQSh va Koreya Respublikasini THAAD tizimini joylashtirish jarayonini to‘xtatishga qat’iy chaqiradi”, — deyiladi TIV bayonotida.
Izoh (0)