Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayevning asosiy ish joyidan 2015-yilgi daromadi 1 million 298,45 ming somni (19300 dollar) tashkil etdi. Uning xarajatlari esa 26 barobar ko‘proq bo‘lib, 34 million somni (505200 dollar) tashkil etdi. Bu haqda “AqchaBar” sayti xabar bermoqda.
Bu raqamlar davlat kadrlar xizmati saytida 8-iyul, juma kuni chop etilgan deklaratsiyada aks etdi. Prezident xarajatlari jadvalida ular Atambayevning “o‘z jamg‘armalaridan sarflangani” tushuntirib o‘tilgan.
Bundan tashqari, Qirg‘iziston rahbari 27 ming kvadrat metrlik uchastkada joylashgan 116,34 kvadrat metr maydondagi imoratga egalik qiladi. Atambayev, shuningdek, 64 ming kvadrat metr maydonga ega daladagi ko‘p yillik ekinlar hamda xususiy korxonaning 100 foizlik aksiyalari sohibi bo‘lib, ularning boshqaruvini ishonchli vakiliga topshirgan.
Izoh (0)