Swoop kompaniyasi joriy yil ikkinchi choragida Amerika internetidagi eng ko‘p ko‘zga tashlangan marka va modellar reytingini e’lon qildi. Mazkur reytingda Chevrolet Corvette birinchi o‘rinni egalladi, deya xabar beradi Motor.
Ro‘yxat Swoop o‘zining qidiruv tizimi yordamida mustaqil hisob-kitob qiladigan, foizlarda ifodalanadigan Digital Brand Exposure Index (“Brendning raqamli taqdimi indeksi”) indeksidan kelib chiqib tuzilgan. Kompaniya marka yoki modelning tilga olinishini emas, balki u foydalanuvchi ko‘ziga qanchalik ko‘p tashlanishini tahlil etadi. Mazkur reytingdagi ikkinchi o‘rinda Ford F150, uchinchi o‘rinda esa Ford Mustang qayd etilgan.
Iyun oxirida Vashingtondagi Kogoda biznes-maktabi har yillik “Amerikada tayyorlangan: Avtoindeks” tadqiqotini chop etdi. Avtomobilning mahalliylashtirish darajasi aniqlanadigan ushbu hisobotda ehtiyot qismlarining 66 foizi AQShda tayyorlanadigan Chevrolet Corvette uchinchi o‘rinni egalladi.
Izoh (0)