Argentinaning Nekochea shahrida yashovchi Roberto Daniel Vesino voyaga yetgan farzandlari va sobiq xotiniga pichoq bilan hujum qildi. Prokurorning 7-iyul, payshanba kuni ma’lum qilishicha, jinoyat oqibatida besh kishi, jumladan, unga xalaqit berishga uringan qo‘shni halok bo‘lgan. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Erkakni qo‘lga olishga urinish chog‘ida bir nafar tartib qo‘riqchisi yaralangan. Politsiyaning qo‘shimcha kuchi yetib kelgandan so‘ng Vesino o‘z joniga qasd qilgan.
Hujum sodir etilganda uyida bo‘lmagan jinoyatchining qizi jurnalistlarga otasi xotini va bolalarini bir necha marta kaltaklaganligini ma’lum qildi. Biroq prokurorning so‘zlariga qaraganda, qabristonda nozir bo‘lib ishlagan Vesinodan politsiyaga shikoyat qilinmagan.
Huquqni muhofaza qilish organlari hodisa yuzasidan surishtiruv olib bormoqda.
Izoh (0)