2013-yil dekabridan 2015-yil iyunigacha bo‘lgan davrda Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlagan davlatlar eksportdan kelishi lozim bo‘lgan 60,2 milliard dollar pulni yo‘qotdi. Bu haqda, Centre d`Etudes Prospectives et d'Informations Internationales (CEPII, jahon iqtisodiyoti bo‘yicha Fransiya tadqiqot markazi) ekspertlarining hisob-kitoblariga asoslanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.
Mutaxassislar o‘z hisob-kitoblarida savdo-sotiqdagi rasmiy va norasmiy cheklovlarni inobatga oldi. Yo‘qotishning asosiy qismi (82 foiz) Rossiya embargosi ostiga tushmaydigan tovarlarga to‘g‘ri keldi.
Yo‘qotishning uchdan ikki qismi (77 foiz) Yevroittifoq davlatlariga to‘g‘ri keldi. Eng katta daromaddan Germaniya (oyiga 830 million dollar, yo‘qotishlarning 27 foizi), Ukraina (450 million dollar), Polsha, Niderlandiya, Fransiya va Yaponiyaga (200 million dollar) ishlab chiqaruvchilari quruq qoldi.
2-iyul kuni Yevroittifoqning Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yana yarim yilga uzaytirish haqidagi qarori kuchga kirdi.
Izoh (0)