Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko AQSh bilan munosabatlarni yaxshilash niyatini bildirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Biz AQSh bilan munosabatlarni yaxshilamay turib to‘laqonli tashqi siyosatga ega bo‘lolmasligimizni hech qachon yashirmaganmiz. Biz AQSh bilan munosabatlarni o‘zaro manfaatli shartlarda yaxshilash niyatini ham hech qachon yashirmaganmiz”, — dedi u AQShning Belarusdagi muvaqqat vakili Skott Roland bilan uchrashuv chog‘ida.
Bundan tashqari, u ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilanib borayotganini ta’kidladi.
“AQShning irodasi bo‘lsa, biz yaqin kelajakda juda ko‘p ishlarni amalga oshira olamiz”, — xulosa qildi Lukashenko.
Izoh (0)