JAR vakili, paralimpiyachi Oskar Pistorius dugonasi, fotomodel Riva Stinkampni qasddan o‘ldirishda aybdor deb topildi va olti yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm etildi. U hukm o‘qilishi bilan sud zalining o‘zida hibsga olindi, deb xabar beradi TJournal.
2014-yil oktabrida sportchi shu ish bo‘yicha besh yillik jazoga hukm etilgan, ammo muddatidan oldin ozodlikka chiqqan edi.
Lekin 2015-yil dekabrida Oliy apellyatsiya sudi prokurorning da’vosini qondirib, Pistorius qasddan qotillik qilishda aybdorligini e’tirof etdi, buning uchun esa atlet 15 yilga qamalishi lozim edi. Endi shartli ravishda ozod qilingan sportchi yana qamoqqa qaytadi.
2013-yilning 14-fevralida Pistorius fotomodel Riva Stinkampni o‘zining “Silvervud” dala hovlisida otib tashladi. Pistorius vanna eshigidan to‘rt marta o‘q uzdi, uchta o‘q qizning qo‘liga, soniga va boshiga tegdi. Sudda u qizni uyga kirib olgan o‘g‘ri deb o‘ylaganini aytdi
Oskar Pistorius Paralimpiya o‘yinlarida qisqa masofaga yugurish bo‘yicha olti karra chempionlikni qo‘lga kiritgan. 2012-yilgi London Olimpiya o‘yinlarining yopilish marosimida u JAR bayrog‘ini ko‘tarib yurgan edi.
Izoh (0)