Simone Dzazaning Italiya — Germaniya o‘yinidagi penaltisi va harakati hangoma qilinganda (video)
Yevro—2016 chempionligi uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida e’tirof etilayotgan Italiya terma jamoasi turnirni chorak finalda tark etdi.
Germaniyaga qarshi maydonga tushgan Antonio Konte jamoasi asosiy vaqtni 1:1 hisobi bilan yakunlashga erishgandi. Penaltilar seriyasida esa omad nemislarga kulib boqdi.
Shu kuni Italiya terma jamoasi safida 4 nafar futbolchi penaltidan aniq foydalana olmadi. Ular orasida Simone Dzazaning zarbasi muxlislar qalbida uzoq saqlanib qoladigan ko‘rinadi.
Dzaza o‘yinning 120-daqiqasiga kelib aynan penalti tepish uchun maydonga tushirildi. Uning vazifasi birgina aniq zarba berishdan iborat edi. Biroq futbolchi Noyer bilan duelda yengildi.
