Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu shaxsiy shifokor bilan ishlash uchun ruxsat oldi, deb xabar berdi “Chempionat” AS nashriga tayanib.
Nashrning ma’lum qilishicha, Ronalduning ko‘ngli “Real” shifokorlarining faoliyatidan to‘lmagan. Shu tariqa u shaxsiy doktori bilan ishlash masalasini uzaytirilishi kutilayotgan shartnomaning asosiy shartlaridan biri sifatida belgilab qo‘ygan.
“Qirollik klubi” prezidenti Flarentino Peres avvalboshi masalaga jiddiy e’tibor qaratmagandi. Biroq “Real” Krishtianu bilan shartnomani 2020 yoki 2021-yilga qadar tuzishni istayotgan bir paytda prezident hujumchining talabiga rozi bo‘lishdan boshqa chora topa olmadi.
Ronaldu talabining qondirilishi klubning boshqa futbolchilariga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin ekani inkor etilmayapti. Natijada “Real”da faoliyat olib borayotgan yetti nafar fizioterapevtning barchasi ishdan ketish masalasini ko‘rib chiqmoqda.
Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronalduning “Real” bilan shartnomasi 2018-yil yoziga qadar mo‘ljallangan.
Izoh (0)