Peruning ikki mintaqasida bir kun ichida ikki turist selfi tushaman deb halok bo‘ldi. Bu haqda South China Morning Post xabar bermoqda.
Mamlakat shimoli-sharqidagi Bongara provinsiyasida 28 yoshli koreyalik turist dunyodagi eng baland sharsharalardan biri bo‘lgan Gokta fonida selfi tushaman deb 500 metr balandlikdan quladi. Voqea 29-iyun kuni sodir bo‘ldi, uning tanasi esa 4-iyul kuni shu yerdagi ko‘l tubidan, yetti metr chuqurlikdan topildi.
O‘sha kuni 51 yoshli germaniyalik sayyoh tog‘ cho‘qqisida joylashgan qadimgi Machu-Pikchu shahrida selfi tushish paytida halok bo‘ldi. Erkak qiyalikka juda yaqin kelib, o‘zini sakragan holda fotosuratda qayd etishga urindi. Lekin u sakrash chog‘ida muvozanatni yo‘qotib, jarlikka quladi.
Izoh (0)