AQSh Federal qidiruv byurosi 2-iyul, shanba kuni mamlakat prezidentligiga Demokratik partiyadan da’vogar Hillari Klintonni AQSh Davlat departamenti lavozimidagi faoliyati chog‘idagi elektron xatlari borasida so‘roq qildi. Bu haqda The New York Times uning saylov kampaniyasi vakili Nik Merrilga tayanib ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, suhbat ixtiyoriy xususiyatga ega bo‘lgan. “Klinton adliya vazirligiga yordam berish imkoniyatidan mamnun bo‘ldi”, — deya aniqlik kiritdi Merril.
U o‘tkazilgan so‘roq tafsilotlariga to‘xtalmadi, biroq suhbat FQBning Vashingtondagi bosh boshqarmasida taxminan 3,5 soat davom etganini aytdi.
Klinton Davlat kotibi lavozimida xizmat yozishmalarini shaxsiy pochta manzili orqali olib borgani haqidagi shov-shuv 2015-yil martida yuzaga keldi. U shaxsiy elektron pochtasi orqali maxfiy ma’lumotlarni jo‘natganini rad etdi.
Izoh (0)