Fiji politsiyasi orolda istiqomat qilgan rossiyalik er-xotinning o‘ldirib ketilishi bilan bog‘liq ish yuzasidan surishtiruv olib bormoqda. Bu haqda 3-iyul, yakshanba kuni mahalliy OAV ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
Politsiya o‘tgan hafta topilgan jasadlar qoldiqlari yo‘qolgan rossiyaliklarga tegishli ekanligini tasdiqladi. Jasad qoldiqlari plyajlardan birining sohiliga chiqib qolgan.
Ryazanlik Yuriy Shipulin va uning rafiqasi Natalya iyun oyining o‘rtasidan buyon qidirilayotgan edi. Er-xotin ularga tegishli fermaga qaytib kelmaganidan so‘ng ularning g‘oyib bo‘lganligi haqida politsiyaga xabar qilingan. Huquqni muhofaza qilish organlariga ularning biznes bo‘yicha hamkori murojaat qilgan.
OAVning ma’lum qilishicha, er-xotin oxirgi besh yil davomida Fijida istiqomat qilib kelgan.
Izoh (0)