Bag‘dodning ikki tumanida sodir etilgan teraktlarning qurbonlari soni 172 kishini tashkil etdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“IShID teraktlaridan halok bo‘lganlar soni — 172 kishi ”, — ma’lum qilindi “Xalq safarbarlik kuchlari” tashkilotining Twitter’dagi sahifasida.
Shuningdek, 196 kishi yaralandi.
Ilgariroq qurbonlar soni 80 kishiga yetgani bildirilgandi.
Hujum uchun javobgarlikni zimmasiga olgan IShID bundan ko‘zda tutilgan maqsad Karrada va Sha’b kabi shialar istiqomat qiladigan tumanlar ekanligini ma’lum qildi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)