Meksika dengiz piyoda askarlari Tamaulipas shtatida AQShga yo‘l olgan 115 nafar muhojirni qo‘lga oldi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Operatsiya AQSh bilan chegaradosh Reynosa munitsipalitetida o‘tkazilgan.
Federal va hududiy huquq-tartibot kuchlari bir guruh chet elliklar ushlab turilganligi haqida bir nechta anonim xabar olgan. Dias-Ordasda o‘tkazilgan birinchi operatsiyada 72 kishi — o‘n nafar Salvador fuqarosi, 56 nafar Gvatemala va olti nafar Gonduras fuqarosi, jumladan, 12 nafar voyaga yetmagan topilgan.
Infonavit-San-Migel tumanida o‘tkazilgan tintuvda dengiz piyodalari 43 kishi — 13 nafar gonduraslik, o‘n nafar gvatemalalik va 20 nafar salvadorlikni qo‘lga oldi. Ular orasida 13 nafar bola ham bo‘lgan.
Chet elliklar ular majburiy ushlab turilmaganligini ma’lum qilgan. Ularning barchasiga zarur yordam ko‘rsatilgan va migratsiya rasmiylariga topshirilgan. Ularning barchasi o‘z mamlakatlariga qaytarilishi kutilmoqda.
Izoh (0)