Kristofer Koulmen boshchiligidagi Uels terma jamoasi Yevropa Chempionatlari tarixida yangi sahifa ochdi. Chorak final hali hammasi emas, uelsliklar to‘xtashni xayollariga ham keltirishayotgani yo‘q.
Yo‘qotishlar
Uels terma jamoasining 23 nafar futbolchisi bo‘lajak “jang”ga tayyor. Belgiyada esa yo‘qotishlar bor. Tomas Vermalen diskvalifikatsya sabab, Yan Vertongen jarohat sabab o‘yinda ishtirok etmaydi.O‘zaro o‘yinlar
12 ta uchrashuvning 5 tasida Belgiya, 4 tasida Uels g‘olib. Biroq “ajdarlar” ko‘proq gol urishgan — 17:16.Eden Azar
Azar “Chelsi”ga tashrifiga qadar Lill shahri jamoasi sharafini himoya qilgandi. Uning bu shaharga qaytishi qanday samara berishi mumkin? Eden oddiygina javob qaytardi: “Men bu shahar haqida juda yaxshi bilaman”.Azar uchun Lilldagi o‘yin alohida ahamiyat kasb etadimi degan savolga bosh murabbiy Mark Vilmotsning javobi: “Albatta, bu uning o‘smirlikdagi shahri. Bu yerga Azar 14—15 yoshida kelgan, professional futbolchiligini shu yerda boshlagan. Uning Lillda hali ham ko‘p do‘stlari bor, qolaversa Lill Belgiya chegarasidan 15 kilometr uzoqda joylashgan, xolos. Aytgancha, Azar yangi stadionda hali o‘ynab ko‘rmagan, chunki u “Chelsi”ga ketganidan keyingina bu stadion qurilishi boshlangandi”.
“Lill men uchun hamma narsa boshlangan shahar. Bu shaharda men professional futbolchiga aylandim. Menda yangi stadionda to‘p surish imkoni bo‘lmagandi, biroq unda ikkita uchrashuvni kuzatganman”.
“Uels qiyin raqib. Saralashda unga gol ura olmagandik. Bugun esa umuman yangi tarix bo‘ladi. Umid qilamanki, ochiq futbolga guvoh bo‘lamiz”.
Garet Beyl
“Real” vakili Yevropa Chempionatidagi uchta muvaffaqiyatli zarbasidan keyin Uels termasi uchun gollari sonini 22 taga yetkazib oldi. Belgiyaga qarshi o‘yinda ham muvaffaqiyat qozona olsa, Ayvor Ollchercha (1950—1966), Trevor Ford (1946—1956) kabi sobiq futbolchilarga yetib oladi. Uels uchun 28 ta gol urgan Ian Rash (1980—1996) hozircha yaqqol rekordchi.Beyl saralash doirasidagi Belgiyaning taslim etilishida katta rol o‘ynab, yagona golga mualliflik qilgandi: “Bu Uels terma jamoasidagi eng muhim golim edi. Men uning uchun 50 ta o‘yinda maydonga tushgan bo‘lishim mumkin, biroq Belgiyaga qarshi o‘sha bellashuv alohida ahamiyat kasb etib qolaveradi”, — deydi futbolchi jurnalistlarga bergan intervyusida.
“Hozir muxlislar biz haqimizda yanada ko‘proq qayg‘urishmoqda. Biz Uelsdan uzoqda bo‘lsakda, buni his qilib turibmiz. Barcha muxlislarga buning uchun minnatdorvichlik izhor qilamiz va ularga o‘z o‘yinimiz bilan munosib javob qaytarishga harakat qilamiz”.
“Futbolkamdagi ajdar — menga kerak bo‘lgan hamma narsa!”
Matbuotga nazar
Het LaatsteBelgiyaning shu nomli matbuoti darvozabon Tibo Kurtuaga katta ishonch bildirgan. Italiyaga qarshi Yevro—2016 dagi birinchi bellashuvni inobatga olmasa, Tibo qolgan bellashuvlarni quruq seriya bilan yakunlamoqda. Het Laatste Beyl va uning kompaniyasiga qarshi bellashuvda ham bu ish davom etishiga ishongan.
Belgiya matbuoti Uels terma jamoasi bosh murabbiyi Kristofer Koulmenning so‘zlarini qora harflarda ko‘rinarli qilib yozib qo‘ydi: “Biz Belgiyadan qo‘rqmaymiz!”
Bu yerda matbuot o‘yinoldi hazil qilishdan ham tap tortayotgani yo‘q. Eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzu Garet Beyl bo‘lib turibdi. Bunisi endi tushunarli. Yo‘l-yo‘lakay matbuot Yevro—2016 sabab ukasining to‘yini o‘tkazib yuborishga yaqin turgan Kris Gentner haqida ham yozishni unutmadi. Eng baxtsiz uelslik deb esa Beyoncé’ning konsertidan chetda qolib ketayotgan Nil Teylor topilgan.
Goals
Britaniya nashrlari Garet Beyl va uning kompaniyasida o‘ziga bo‘lgan ishonch yuqori ekaniga alohida e’tibor qaratgan. Bu Uelsning Anliya terma jamoasidan farqi bo‘lsa ajab emas.
Bugungi gazetalarning birinchi sahifasida bitta futbolchini, u orqali esa butun bir mamlakatni ko‘rish mumkin bo‘ldi.
O‘yinoldi fikrlar
Mark Vilmots: “Uelsni juda yaxshi bilamiz. Ularda ikki nafar top futbolchi bor: Beyl va Remzi. Biz Garetni alohida qo‘riqlamaymiz”.Kris Koulmen: “Belgiya dunyoning eng kuchli terma jamoalaridan biri. Ular bizni yaxshi bilishadi, biz esa ularni. So‘nggi vaqtlarda biz o‘zaro to‘rt bor to‘qnash keldik”.
Tobi Alderveyreld (Belgiya): “Uelsga qarshi o‘yin Vengriyanikidan farq qiladi. O‘ylashimcha, raqib qarshi hujumlarga e’tibor qaratadi. Saralash bosqichidagi mag‘lubiyat alamini olsak yaxshi bo‘lardi”.
Kris Ganter (Uels): “Britaniya sharafini himoya qilayotgan yagona jamoa ekanligimizdan faxrlanamiz. Uels doim autsayder hisoblangan, hozir esa biz maydonda ham, uning tashqarisida ham kuchlimiz. Endi chorak final bilan to‘xtab qolmoqchi emasmiz”.
Yannik Karrasko (Belgiya): “Biz saralashda Uelsni mag‘lub eta olmagandik. Biroq bu final turniri, undagi bosim saralashdagidan ancha yuqori. Endi hammasi boshqacha bo‘ladi va bunga kuchimiz yetadi”.
Nil Teylor (Uels): “Bu turnir terma jamoadagi do‘stlarim bilan vaqt o‘tkazish uchun ajoyib imkoniyatdir. Bu yerda har doim ham hozirgidek atmosfera hukmron bo‘lmaydi. Odatda 30 ta erkak kishi bitta mehmonxonada ahil bo‘lishi oson ish emas, lekin bizda hammasi ajoyib. O‘zaro tushunuvchanlik yuqori darajada”.
Jordan Lukaku (Belgiya): “Juma kuni murabbiy menga ishonch bildirsa, bor kuchim bilan harakat qilaman. Katta akam bilan bitta jamoada ekanim — ajoyib. Romelu mendan 1 yoshgina katta bo‘lgani uchun ham yaxshi chiqishamiz. Uelsga qarshi ikkalamiz ham boshlang‘ich tarkibga kirsak, bu biz uchun alohida kun bo‘ladi”.Futbolchilar ijtimoiy tarmoqda
Uels — Belgiya o‘yini 1-iyul kuni Toshkent vaqti bilan 23:59 da start oladi. Bellashuvni "Daryo"dagi matnli onlayn bilan kuzating.
Izoh (0)