Pokistonda noma’lum qurollangan shaxslar tomonidan “Tolibon” ekstremistik harakati yetakchilaridan biri Kari Sayyod Murod otib o‘ldirildi. Bu haqda Khaama Press afg‘on axborot agentligi ma’lumotiga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Afg‘onistonning sharqiy Nangarxar viloyatida toliblar harbiy komissiyasining a’zosi bo‘lgan Murod Peshovar shahrining Nosir Bag-roud dahasida o‘ldirib ketilgan.
Murod o‘z qarorgohi yaqinida otib ketilganligi ma’lum qilinmoqda.
Pokistonda amal qiluvchi hech bir ekstremistik tashkilot hozircha qotillik uchun javobgarlikni zimmasiga olmadi.
“Tolibon” harakati rahbariyati ham yuz bergan hodisa bo‘yicha hech qanday izoh bermadi.
Izoh (0)