Suriya Harbiy-havo kuchlarining o‘quv mashg‘ulotini bajarayotgan qiruvchi samolyoti 1-iyul, juma kuni Damashqdan sharqda halokatga uchradi. Suriya televideniyesi bu haqda Suriya Qurolli kuchlari qo‘mondonligi vakili xabar berganligini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Texnik nosozlik samolyotning qulashiga sabab bo‘lgan. Uchuvchi katapulta yordamida irg‘ib chiqqan.
Samolyot qulaganligi taxmin qilinayotgan hududga qidiruv guruhi yuborilgan.
Izoh (0)