Abu-Dabining Yas orolida uchuvchisiz uchar transport tizimi paydo bo‘ladi. Tegishli bitim orol infratuzilmasini boshqaruvchi Miral kompaniyasi va NASAga qarashli skyTran tadqiqot kompaniyasi o‘rtasida imzolandi. Bu haqda “Russkiye Emirati” xabar bermoqda.
skyTran yerdan o‘n fut balandlikda magnit yostiqchada monorels bo‘ylab harakatlanuvchi alohida kabinalar tizimidan iborat. Har bir kabina ikki nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan bo‘lib, avtomobil o‘rtacha tezlikda 2 soatda bosib o‘tuvchi masofani 10 daqiqada bosib o‘tishga qodir.
Monorelsli yo‘l Yas orolidagi muhim obyektlarni bir-biri bilan va Abu-Dabi xalqaro aeroporti bilan tutashtirishi kutilmoqda. Ta’kidlash joizki, har yili Yas oroliga 25 milliongacha sayyoh tashrif buyuradi. Bu yerda Ferrari World Abu Dhabi ko‘ngilochar bog‘i va Yas Waterworld akvaparki joylashgan.
Izoh (0)