Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Barselona”dagi hamkasbi Lionel Messining Argentina milliy terma jamoasidan ketishi haqidagi qaroriga o‘z fikrini bildirdi.
“Messi qiyin qarorda to‘xtaldi. Muxlislar esa buni tushunib, qabul qilishlari kerak. U yutqazishga va ikkinchi bo‘lishga o‘rganmagan”, — deb Krishtianuning so‘zlaridan iqtibos keltirgan “Chempionat”.
“Agar sen penaltidan gol ura olmasang, bu yomon o‘yinchi ekanligingni bildirmaydi. Menga Messining ko‘z yoshlarini ko‘rish og‘riqli. Umid qilamanki, u o‘zi juda kerak bo‘lgan milliy terma jamoaga qaytadi”, — deya fikrini yakunladi Krishtianu Ronaldu.
Izoh (0)