Belarusda 1-iyulga o‘tar kechasi 10 000:1 nisbatda denominatsiya bo‘lib o‘tdi, yettita yangi banknota va sakkizta yangi tanga muomalaga kiritilmoqda. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Eng kichik banknota eski 50 ming Belarus rubliga to‘g‘ri keladi. Yangi kupyura va tangalarning butun to‘plami 888 rubl va 88 tiyinni tashkil etadi.
2016-yilning oxiriga qadar eski banknotalar yangilari bilan birga muomalada qoladi, 2017—2019-yillarda ularni banklarda, keyingi ikki yilda esa Milliy bankda yangi valyutaga almashtirib olish mumkin bo‘ladi.
Izoh (0)