“Kakxaker” nashri turmushdagi ba’zi vaziyatlarda yordam beradigan maslahatlarni taqdim etdi.
Tonal krem qoldirgan dog‘ni ketkazish uchun…
Foto: “Kakxaker”… kiyimni yuvishdan avval, uning dog‘ tekkan qismiga soqol olish uchun mo‘ljallangan ko‘pikdan suring.
Lab bo‘yog‘i izidan xalos bo‘lish uchun…
Foto: “Kakxaker”… soch uchun lakdan foydalaning. Uni bo‘yoq tekkan joyga sepib, bir necha daqiqaga qoldiring. So‘ng dog‘ni namlab, kir yuvish mashinasiga soling.
Zamsh poyabzalni tozalash uchun…
Foto: “Kakxaker”… tirnoq uchun yumshoq egovni ishlating.
Charm etikning rangi uchgan joylarini tozalash uchun…
Foto: “Kakxaker”… yumshoq tish cho‘tkasi va sirka kerak bo‘ladi.
Laklangan oyoq kiyimni hayotga qaytarish uchun…
Foto: “Kakxaker”… vazelin surilgan paxta tamponini ishga soling. U yaltirashi uchun esa oyna tozalovchi vositadan seping.
Uzilmoqchi bo‘lgan tugmani qotirish uchun…
Foto: “Kakxaker”… uning ipiga shaffof lak suring.
Ko‘zoynakdagi vintchani mahkamlash uchun…
Foto: “Kakxaker”… ham shaffof lak asqotadi.
Yog‘ dog‘ini birdan yo‘qotish uchun…
Foto: “Kakxaker”… idish-tovoq yuvish vositasini qo‘llang. Undan ozgina olib, dog‘ joyiga suring va ishqalang.
Kiyimdagi ter izini ketkazish uchun…
Foto: “Kakxaker”… limon sharbati va osh sodasi ish beradi. Ularni aralashtirib, dog‘ joyiga suring, zarur bo‘lsa, bir necha daqiqaga qoldiring. So‘ng chayib tashlab, kir yuvish mashinasiga soling.
Krossovkadagi badbo‘y hidni yo‘qotish uchun…
Foto: “Kakxaker”
… sport mashg‘ulotlaridan so‘ng, unga biroz osh sodasidan seping, so‘ng esa yaxshilab silkiting.
Izoh (0)