20-may kuni Las-Vegasdagi (AQSh) kichik ibodatxonalardan birida Aaron Chervenak o‘ziga tegishli iPhone 6s telefoni bilan nikohdan o‘tdi. Bu haqda, KNTV’ga asoslanib, “Hi-Tech.Mail.ru” xabar bermoqda.
“Kasperskiy laboratoriyasi” Britaniya bo‘linmasining YouTube’dagi kanalida marosimdan video chop etildi. Jurnalistlar bu smartfonni yaxshi ko‘rish va uni himoya qilish zarurligini eslatishga qaratilgan marketing aksiyasi deb taxmin qilmoqda, ayrimlar esa shunchaki hazil deb bilmoqda.
Ibodatxona egasi Maykl Kelli bunday hodisalar kamdan-kam kuzatilishini e’tirof etdi.
“Odamlar o‘z telefonlariga juda bog‘lanib qolgan, ular doimo birga yashaydi. Ular telefoni bilan sutkasiga 24 soat birga bo‘ladi. Ular o‘z uyali telefonlari bilan birga uxlaydi, ular bilan birga uyg‘onadi. Ko‘pincha ular kunini telefon tekshirishdan boshlaydi”, — deb o‘z harakatlariga izoh berdi Aaron Chervenak.
Nevada shtati bu nikohni rasman tan olgani yo‘q.
Izoh (0)