“E’tirof—2015” Milliy mukofotining “Yilning eng yaxshi kinoaktrisasi” nominatsiyasi g‘olibi, aktrisa Yulduz Rajabova hamkasbi Yigitali Mamajonov bilan munosabatlari haqida so‘zlab berdi, deya xabar bermoqda “Darakchi.uz”.
“Bekajon” gazetasining “San’atkorga savolim bor” loyihasida ishtirok etgan Yulduz agar Yigitali unga sevgi izhor qilsa va qo‘lini so‘rasa qanday javob berishi haqidagi savolga quyidagicha javob berdi:
“Yigitali institutda bizdan bir bosqich yuqori kursda o‘qigan. Talabaligimizdanoq u bilan do‘st edik va bu rishta hozirgacha saqlanib kelmoqda. Do‘stona munosabatimiz filmlarda yaxshi partnyor bo‘lishimizga va bir-birimizni yaxshi tushunishimizga asos bo‘ldi. Partnyor sifatida uning qalbini, maqsadini, ijrosini yaxshi tushunaman va Yigitali ham meni xuddi shunday tushuna oladi. Filmlardagi ‘Muhabbatimiz’ hayotga ko‘chmaydi, biz shunchaki partnyormiz”.
Izoh (0)