Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Yevroittifoqning 27 mamlakati yetakchisi Bryusseldagi sammitda Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeronga chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘ydi. Ular mamlakatning ittifoq bilan sheriklik yuzasidan bo‘lajak muzokaralari uchinchi davlat kabi umumiy holatda, sobiq a’zo ekanligiga imtiyozlarsiz, kafolat yoki alohida shartlarsiz olib borilishini bildirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda

Foto: EPA

Foto: EPA

Kemeron sammitning ikkinchi kunida ishtirok etmaydi va 29-iyun, chorshanba kuni birinchi bor Yevroittifoqda qolayotgan 27 davlat rahbari to‘planadi. Ular hamjamiyat Buyuk Britaniya chiqqanidan so‘ng qanday rivojlanishini muhokama etishi ko‘zda tutilgan. 

Yetakchilarning aksariyati Kemeronni mamlakati ittifoq tarkibidan chiqishi haqidagi rasmiy bildiruvni tezlashtirishga chaqirdi. Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunkerga ko‘ra, London yangi bosh vazir saylanganidan so‘ng uzog‘i bilan ikki hafta mobaynida shunday bildiruv taqdim etishi lozim. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Putin taklifiga binoan 7-oktabr kuni Rossiyaga boradi
Mahalliy
Dunyoda koronavirusni yuqtirish holatlari 6 foiz, o‘lim ko‘rsatkichi esa 12 foizga kamaydi