Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Istanbul xalqaro aeroportidagi portlashlardan so‘ng shoshilinch yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Yig‘ilishda mamlakat bosh vaziri Binali Yildirim va qurollli kuchlar rahbari Najot O‘zel ishtirok etgani bildirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Istanbul xalqaro aeroportida 28-iyun, seshanba kuni kechki payt sodir etilgan terakt oqibatida 28 kishi halok bo‘ldi, 60 kishi jarohat oldi.
Izoh (0)