Rossiyaning Orenburg viloyatida yengil motorli samolyot halokatga uchradi, deya xabar bermoqda “RBK” mamlakat favqulodda vaziyatlar vazirligining viloyat bo‘yicha bosh boshqarmasiga tayanib.
“Elitar-202” yengil motorli samolyoti Sol-Iletskiy tumanida Yelshanka qishlog‘i yaqinida o‘quv parvozini amalga oshirayotgan vaqtida qulab tushdi. Muassasa ma’lumotlariga ko‘ra, jabrlanganlar bor.
Hodisa oqibatlarini bartaraf etish bilan 15 kishi va oltita texnika shug‘ullanmoqda.
“Interfaks” favqulodda xizmatlardagi manbasiga tayanib xabar qilishicha, halokat natijasida ikki kishi hayotdan ko‘z yumgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot uchuvchining xatosi bilan halokatga uchragan.
Izoh (0)