Yevropa Ittifoqining yangi tashqi siyosat strategiyasida Rossiya bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yish muhim strategik da’vat deya ma’lum qilindi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Rossiya bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yish muhim strategik da’vat hisoblanadi. Yevropa Ittifoqining Rossiyaga nisbatan siyosati izchil va yaxlitligicha qolishi kerak”, — deyiladi hujjat matnida.
Strategiyada, shuningdek, ziddiyatli masalalarni muhokama etishga Rossiyani jalb etish va manfaatlar kesishgan holatlarda Rossiya tomonini hamkorlikka taklif etish zarurati haqida so‘z yuritiladi.
Izoh (0)