AQSh Iroq shimoli-g‘arbidagi Mosul shahrini IShID terrorchilik guruhi jangarilaridan ozod qilish rejasini ishlab chiqmoqda. Bu haqda AQSh prezidentining IShID bilan kurashda boshqa mamlakatlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maxsus vakili Brett Makgurk ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Mosul nafaqat muhim harbiy, balki siyosiy, diplomatik va gumanitar sinovga aylanadi. (Uni ozod qilish bo‘yicha) rejalarni ishlab chiqish ildam bormoqda”, — deya ta’kidladi u.
Makgurk aytishicha, o‘tgan olti oy davomida AQSh shahardagi jangarilarni izolyatsiya qilish hamda ularning qo‘llariga Suriyadan qurol va oziq-ovqat mahsulotlari kelib tushmasligi uchun Iroq va Suriya Qurolli kuchlari bilan hamkorlik qildi.
AQSh prezidenti maxsus vakili fikricha, “barcha tomonlar — Iroq Qurolli kuchlari, kurdlarning peshmerg otryadlari va Naynovdagi mahalliy qurolli guruhlar — harbiy-siyosiy planda hamkorlik qilsagina”, Mosulni ozod etish bo‘yicha operatsiya muvaffaqiyatli yakun topadi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)