Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

KXDR yetakchisi Kim Chen In olimlarni “mudofaa sanoati sohasidagi ilmiy tadqiqotlarda yangi muvaffaqiyatlarga erishish”ga da’vat etdi, deb yozadi “TASS”.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

U bu haqda 23-iyun kuni uchirilgan “yer—yer” sinfidagi “Xvason-10” strategik ballistik raketasi yaratuvchilari bilan fotosessiya oldidan aytib o‘tdi.

Kim Chen In “ushbu hodisa mamlakat armiyasi va xalqida yakuniy g‘alabaga ishonch uyg‘otib, dushman kuchlariga esa qo‘rquv urug‘ini sochgan”ini ta’kidladi.

23-iyun kuni KXDR “yer—yer” sinfidagi o‘rta va uzoq masofalarga parvoz qiluvchi “Xvason-10” strategik ballistik raketasini uchirgani haqida xabar berilgan edi.

Keyinroq KXDR BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan mamlakatda ballistik raketalar uchirilishi qoralangan bayonotni to‘liq rad etgan hamda AQShni Vashington tomonidan bo‘layotgan dushmanlarcha siyosat sharoitida o‘z yadro salohiyatini mustahkamlashda davom etishi haqida xabardor qilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukusda bir-biri bilan mushtlashgan maktab o‘quvchilarining ota-onasi jarimaga tortildi
Mahalliy
AQSH elchixonasi O‘zbekiston armiyasi shifokoriga minnatdorchilik bildirdi
Dunyo
Xitoy olimlari dunyoda birinchi bo‘lib Arktika bo‘risini klonlashtirdi (video)